Pin Bozor
AuksionKanallarHamkorlarArxivQoidalar
  • Aloqa
Kirish
AuksionKanallarHamkorlarArxivQoidalar

Pin Bozor

Telegram kanallar tarmogʻida kunlik ochiq reklama auksioni. Bitta lot, bitta gʻolib — post butun tarmoqda chiqadi va pin qilinadi.

  • Aloqa

Sahifalar

  • Jonli auksion
  • Kanallar
  • Hamkorlar
  • Arxiv
  • Qoidalar
  • Ommaviy oferta

Aloqa

  • Telegram bot: @pinbozorbot
  • Toʻlov va moderatsiya muddatlari

Barcha narxlar soʻmda. Har bir post #reklama belgisi bilan chiqadi.

© 2026 Pin Bozor · Toshkent

Auksion qoidalari

Pin Bozor — reklama tarqatuvchi platforma. Savdo tartibi, moderatsiya va toʻlov qoidalari.

Savdo tartibiModeratsiyaTaqiqlanganShartliToʻlov#reklamaOferta

Savdo tartibi

  • Har kuni bitta lot. Gʻolib posti ertasi kuni soat 09:00 da tarmoqning barcha faol kanallariga joylanadi va pin qilinadi.
  • Savdo har kuni 09:00–21:00, Toshkent vaqti.
  • Boshlangʻich narx — 200 000 soʻm. Eng kichik qadam — 25 000 soʻm. Narx oshgani sari qadam oshadi. Joriy qadam doskada koʻrinadi.

    Qadam joriy narxga bogʻliq.

    Qadam jadvali
    Joriy narxQadam
    500 000 soʻm gacha25 000 soʻm
    1 000 000 soʻm gacha50 000 soʻm
    3 000 000 soʻm gacha100 000 soʻm
    10 000 000 soʻm gacha250 000 soʻm
    30 000 000 soʻm gacha500 000 soʻm
    30 000 000 soʻm dan yuqori1 000 000 soʻm
  • Uzaytirish: oxirgi 5 daqiqada stavka tushsa, vaqt 5 daqiqaga uzayadi. Eng koʻpi soat 22:00 gacha. Har bir uzaytirish doskada eʼlon qilinadi.
  • Joriy yetakchi oʻz stavkasini oshira olmaydi. Tezlik: 5 soniyada 1 stavka.

Moderatsiya

  • Stavka qoʻyish uchun kamida bitta tasdiqlangan kreativ boʻlishi shart.
  • Kreativga kiritilgan har qanday tahrir uni qayta moderatsiyaga qaytaradi.
  • Kreativ asosiy matni oʻzbek tilida boʻladi. Ruscha matn faqat qoʻshimcha tarjima sifatida.
  • Moderator tekshiruv roʻyxatini toʻliq belgilamaguncha kreativ tasdiqlanmaydi. Barcha qarorlar audit jurnaliga yoziladi.

Taqiqlangan kategoriyalar

Quyidagilar qabul qilinmaydi. Kreativ yuborishda ularni tanlab ham boʻlmaydi:

  • Alkogol
  • Tamaki, veyp, nasvoy
  • Qimor va bukmekerlik
  • Retseptli dorilar
  • Qurol
  • Litsenziyasiz moliya va kripto
Toʻliq roʻyxat
  1. Alkogol mahsulotlari — har qanday turi va kuchliligi.
  2. Tamaki va nikotin: sigaret, nasvoy, elektron sigaret, veyp, IQOS, nikotin pauchlari.
  3. Qimor, stavka, bukmekerlik, kazino va tavakkal oʻyinlari. Litsenziyali bukmekerlar uchun ham taqiq kuchda.
  4. Giyohvand va psixotrop moddalar; pornografik materiallar.
  5. Retsept bilan beriladigan dori vositalari.
  6. Ona suti oʻrnini bosuvchi mahsulotlar.
  7. Qurol-yarogʻ, pirotexnika, harbiy mahsulotlar.
  8. Litsenziyasiz bank, MFO va sugʻurta xizmatlari. NAPP litsenziyasisiz kripto xizmatlari va xorijiy birjalar.
  9. Xalq tabobatining ruxsatsiz usullari, folbinlik va ekstrasenslik xizmatlari.
  10. Narxi chet el valyutasida koʻrsatilgan reklama. Narx faqat soʻmda.
  11. Davlat ramzlaridan foydalanish; milliy-axloqiy meʼyorlarga zid kontent.

Shartli kategoriyalar

Retseptsiz dorilar, BAD, energetiklar, moliya, kripto, lotereya, taʼlim va tibbiyotda litsenziya maʼlumoti majburiy. Usiz kreativ qabul qilinmaydi. Majburiy shartlarni moderator qoʻlda tekshiradi.

Kategoriyalar va majburiy shartlar
KategoriyaMajburiy shartlar
Retseptsiz dorilar«Qoʻllashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing» ogohlantirishi majburiy. Shifokor yoki mashhurlar obrazi, davo kafolati va minnatdorchilik otzivlari taqiqlanadi.
BAD«Dori vositasi emas» yozuvi majburiy. Davolash vaʼdasi taqiqlanadi.
Energetik ichimliklarZarar haqida ogohlantirish. Sport yutuq obrazlarisiz.
Moliyaviy xizmatlarLitsenziya raqami koʻrsatilishi shart. Daromad kafolati taqiq. Investitsiyada «kapitalni yoʻqotish xavfi mavjud» ogohlantirishi.
Lotereya«Voyaga yetmaganlar ishtirok eta olmaydi» yozuvi majburiy.
Kripto — NAPP litsenziyaliLitsenziya raqami koʻrsatiladi. Rezident provayder ekani tekshiriladi.
Taʼlim va tibbiyot muassasalariLitsenziya yoki akkreditatsiya hujjati soʻraladi.

Toʻlov qoidalari

  • Gʻolib toʻlovni savdo yopilgach 2 soat ichida amalga oshiradi. Toʻlov tasdiqlangach post joylash navbatiga qoʻyiladi.
  • Click — onlayn toʻlov. Click sahifasiga yoʻnaltiriladi.
  • Muddat oʻtsa, lot keyingi eng yuqori stavka egasiga oʻz narxida taklif etiladi. Toʻlov muddati — ertalab soat 07:00. U ham toʻlamasa, oʻsha kungi lot boʻsh qoladi.
  • Qasddan toʻlamaslik hisobni bloklashi mumkin. Bloklangan hisob stavka qoʻya olmaydi va kreativ yubora olmaydi.

Reklama belgisi va til

  • Har bir joylangan post oxiriga #reklama belgisi avtomatik qoʻshiladi. Reklamachi uni olib tashlay olmaydi.
  • Platforma va kanal egalari reklama tarqatuvchi hisoblanadi. Shuning uchun moderatsiya talablari qatʼiy.

Ommaviy oferta

Bu sahifa — qisqa koʻrinish. Tomonlar huquqlari, qaytarish tartibi va rekvizitlar toʻliq ommaviy oferta hujjatida. Birinchi stavka ofertani qabul qilish hisoblanadi.

Qoidalar Oʻzbekiston reklama qonunchiligiga asoslanadi.